Xorijda o‘qish
Yozgi oromgohlar
Farzandlaringiz chinakamiga dunyo fuqarosi bo‘lib shakllanishida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar qatnashadigan va xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladigan yozgi oromgohlar rosa asqotadi. Yozgi ta’tilni ham maroqli, ham foydali o‘tkazish uchun xalqaro hamkorlarimiz Buyuk Britaniya, Singapur, Malayziya, Turkiya hamda BAA kabi mamlakatlarda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarga mo‘ljallangan yozgi oromgohlarni taklif qiladi.
O‘quv ekskursiyalari va sayohat dasturlari
O‘quvchi va talaba yoshlar uchun ta’til paytlarida dunyoning turli qismlari, masalan, Yevropa, Lotin Amerikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqalarida aylanib, dunyo fuqarosi bo‘lishga nisbatan qiziqishlarini oshirishlari, chet elga o‘qishga ketishdan avval, u yerda biroz mustaqil vaqt o‘tkazib, moslashishlari mumkin.
Til kurslari
“Til berganga pul berishadi”, degan edi “Suyunchi” filmi qahramonlaridan biri. Haqiqatdan ham, bugun til bilish – havas qilishga arziydigan karyera qilish, dunyo kezish, yangiliklaru trendlardan boxabar bo‘lish, bilim olish, va, alaloqibat, iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim vositasi. Tokyo, Toronto, Singapur, Gong Kong, Nyu York, Los Anjeles, San Fransisko, London, Parij va Dubay singari dunyo poytaxtlariga borib, u yerda professional ta’lim mutaxassislaridan istalgan xalqaro til, xususan, ingliz, fransuz, ispan, xitoy, arab va nemis tili bo‘yicha bilim egallash mumkin.
Diplomli dasturlar (bakalavr, magistr, PhD darajalari uchun)
Extension kurslar
Bakalavr, magistr va PhD ilmiy darajalarini qo‘lga kiritish uchun AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur va Yevropa mamlakatlaridan istaganingizni tanlang. Biz sizga hujjatlaringizni tayyorlashdan boshlab, universitetlar auditoriyalariga kirib tahsil ola boshlashingizgacha va undan keyin ham ko‘maklashamiz.
Balakavr diplomiga ega bo‘lgan va o‘z sohasida ishlab tajriba to‘plaganlar AQShda Extension Programs deb ataladigan malaka oshirish kurslarida o‘qishi mumkin. Bunday noyob imkoniyatdan foydalanishda Globa Hayat jamoasi yordamga keladi.
Executive va boshqaruv uchun oliy kurslar
AQSh va Yevropada MBA dasturini o‘qimoqchimisiz? Unda bizga murojaat qiling, biz sizga dastur talablari bo‘yicha tayyorlanishda hamroh bo‘lamiz.