Investitsion migratsiya


Yil davomida juda ko‘p sayohat qilsangiz, pasportingizdagi sahifalar tez to‘lib qolishi tayin. Shunda, ehtimol, investitsiya orqali doimiy rezidentlik yoki fuqarolik taklif qilayotgan mamlakatlarga hujjat topshirishingiz kerakdir.

Sizda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- Maxsus dasturlar orqali 20dan ortiq mamlakatlarning doimiy rezidenti yoki fuqarosi bo‘lish;
- Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Avstraliyada doimiy rezidentlik hamda pasportni qo‘lga kiritish
Pulingizni ishonchli, daromadli va barqaror mol-mulk yoki bizneslarga sarmoya qilmoqchi bo‘lsangiz, Global Hayat jamoasi sizga dunyo bo‘ylab turli mamlakatlardagi shunday imkoniyatlarni taqdim etadi.
Fond birjalaridagi aksiyalar
Bir necha yillar davomida ko‘rsatkichlari kuzatib borilayotgan muvaffaqiyatli kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish orqali uzoq muddatda pulingizni yig‘ib, ko‘paytirib olishingiz mumkin.
Startaplarga pul tikish
Texnologiyalarga asoslangan va kengayish ehtimoli katta startaplarga pul tikish tavakkalchilikka ishtaxasi baland bo‘lgan investorlar uchun ma’qul keladi.
Ko‘chmas mulk
Dubay, Turkiya va Yevropadagi shaharlardan ko‘chmas mulk xarid qiling va o‘z mablag‘ingizni xavfsiz yo‘l bilan yig‘ing va ko‘paytiring.