Chet elda tajriba to‘plash
Stajirovka
Yaxshi ishga joylashish uchun rezyumengizda nufuzli tashkilot yoki kompaniyaning nomi turishi katta plyus bo‘ladi. Yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, muvaffaqiyatli kompaniyalarni ichidan bilish qo‘l keladi. Bunda stajirovka yordamga keladi.
Amaliyot
Bitiruvchilar duch keladigan asosiy muammo: ishga joylashmoqchi bo‘lsa, ish tajribasi so‘rashadi. Аmmo, agar ishga joylashmasa, qanday qilib malaka to‘plash mumkin? Bunday muammo zanjiridan chiqishning bir yo‘li – talabalik davrida biror kompaniyada amaliyot o‘tashdir.
Mentorship
Global Hayat kompaniyasi sizga xorijdagi samarali kompaniyalar professionallari hamda o‘z ishining ustalariga shogird tushish imkoniyatini yaratadi. Sizning qiziqish va ehtiyojlaringizni o‘rganib chiqing, o‘z shaxsiy va professional rivojlanishingizga xizmat qiladigan mentorlik dasturini tuzishda yordam beramiz.
Fellowship
Dunyo bo‘ylab ko‘plab ilmiy va professional “fellowship” dasturlari mavjud. Agar ilmiy darajaga ega bo‘lsangiz va tajribangiz bo‘lsa, biz sizga shunday dasturlarga hujjat topshirib, chet mamlakatlarga borishga yordam beramiz.