top of page

Oliy maqsadimiz

Yaxshi yashashni taqiqlab bo‘lmaydi, orzu-maqsadlarga esa chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Ayniqsa, biz yashayotgan internet va globalizatsiya asrida. Insonning hayot tarzi, oilaviy rejalari va biznesi bo‘yicha ehtiyojlari uni okean ortiga yoki Yevropaga chorlashi mumkin. Xohishlar mamlakatni ham, mintaqani ham tanlamaydi. Bizningcha, bu o‘ta tabiiy.   
 

Xushxabar shundan iboratki, ushbu zaruratlarni qondirish uchun imkoniyatlar ham bisyor. Biz shunday imkoniyatlardan unumli foydalanishda Global Hayat kompaniyasi yordam beradi. 
 

Uzoq vaqt xorijda yashab, ishlab, biznes qilgan jamoamiz, Shimoliy Amerika, Ko‘rfaz mamlakatlari, Yevropa va Osiyo hamda Tinch Okeani mintaqalaridagi 50dan ortiq hamkorlarimiz bilan biz shunday sarhad bilmas orzularni ushaltirishdek oliy maqsad bilan yo‘lga chiqqanmiz.

Global Hayat –

xorijda o‘qish, tajriba to‘plash, chet mamlakatga ko‘chish va u yerda biznes va karyera qilish, jahon bo‘ylab istiqbolli loyihalar va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishga ko‘maklashuvchi konsalting kompaniyasi.

Xorijda o‘qish

Oromgohlar, til kurslari, o‘quv ekskursiyalari, universitetda tahsil olish, malaka oshirish va izlanish bilan shug‘ullanish dasturlari orqali biz umrning istalgan bosqichida xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etamiz.

Xalqaro biznes

Ishbilarmonlikni nafaqat O‘zbekistonda, balki uning chegaralari tashqarisida ham qilish mumkin. Dunyo biznes tajribalarini chet mamlakatlardagi sanoat tadbirlari orqali o‘rganishdan tortib, o‘z biznesingizni jahon bozoriga olib chiqishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda biz sizga yordam beramiz.

Chet elda tajriba to‘plash

Xorijda muvaffaqiyatli biznes qilish yoki biror sohada karyera pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun albatta chet elda joylashgan va xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan kompaniyalarda tajriba orttirish muhim. Bizning yordamimizda shu maqsadlaringizga erishing.

Investitsion migratsiya

Yil davomida juda ko‘p sayohat qilsangiz, pasportingizdagi sahifalar tez to‘lib qolishi tayin. Shunda, ehtimol, investitsiya orqali doimiy rezidentlik yoki fuqarolik taklif qilayotgan mamlakatlarga hujjat topshirishingiz kerakdir.

Bog‘lanish

Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko'chasi,  59A uy

+998 71 237 04 78

arrow&v

Sizga tez orada bog'lanamiz

bottom of page