Bizning xizmatlarimiz
Global Hayat – sizning sarhad bilmas maqsadlaringizga yetishtirishdagi maslahatgo‘yingiz. Bizning kuchli tomonimiz to‘g‘ri, xolis, aniq va sizning ehtiyoju vaziyatingizdan kelib chiqib maxsus tuzilgan konsultatsiyalarni taqdim eta olishda.
Xususan, quyidagi masalalarda bizni o‘zingizga strategik maslahatchi qilib yollashingiz va dunyo bo‘ylab yoyilgan hamkorlarimiz taklif etadigan imkoniyatlardan foydalanib qolishingiz mumkin:
Oromgohlar, til kurslari, o‘quv ekskursiyalari, universitetda tahsil olish, malaka oshirish va izlanish bilan shug‘ullanish dasturlari orqali biz umrning istalgan bosqichida xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etamiz.
Xorijda muvaffaqiyatli biznes qilish yoki biror sohada karyera pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun albatta chet elda joylashgan va xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan kompaniyalarda tajriba orttirish muhim. Bizning yordamimizda shu maqsadlaringizga erishing.
Ishbilarmonlikni nafaqat O‘zbekistonda, balki uning chegaralari tashqarisida ham qilish mumkin. Dunyo biznes tajribalarini chet mamlakatlardagi sanoat tadbirlari orqali o‘rganishdan tortib, o‘z biznesingizni jahon bozoriga olib chiqishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda biz sizga yordam beramiz.
Yil davomida juda ko‘p sayohat qilsangiz, pasportingizdagi sahifalar tez to‘lib qolayotgan bo‘lsa, ehtimol, investitsiya orqali doimiy rezidentlik yoki fuqarolik taklif qilayotgan mamlakatlarga hujjat topshirishingiz kerakdir.

Global Hayat –
xorijda o‘qish, tajriba to‘plash, chet mamlakatga ko‘chish va u yerda biznes va karyera qilish, jahon bo‘ylab istiqbolli loyihalar va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishga ko‘maklashuvchi konsalting kompaniyasi.